locale OZ

«Milan» Ikaridining nomzodidan voz kechishi mumkin

Mauro Ikardi ilgari "Inter" va "Sampdoria"da o‘ynagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» Ikaridining nomzodidan voz kechishi mumkin
ФОТО: Getty images

"Galatasaroy" hujumchisi Mauro Ikardining "Milan"ga o‘tishi amalga oshmasligi mumkin.

Jurnalist Fabrizio Romanoning yozishicha, “rossonerilar” rejalariga o‘zgartirish kiritilgan. Klub argentinalik forvard uchun asosiy xaridor emas.

Klub “West Ham”dan Niklas Fyullkrugni ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Germaniyalik futbolchi ustuvor variant bo‘lib qolmoqda, transfer yanvar oyining boshlariga qadar yakunlanishiga umid qilinmoqda.

Agar Niklas kelisha olmasa, “Milan” 32 yoshli Ikardiga e’tibor qaratishi mumkin.

Avvalroq Mauro Ikardi ilgari "Inter" va "Sampdoria"da o‘ynagan A Seriyaga qaytishni istashi haqida xabar berilgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting