locale OZ

“Milan” Gonsalu Ramush bo‘yicha “PSJ”ga rasmiy taklif yubordi

Hozirda tomonlar oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Milan” Gonsalu Ramush bo‘yicha “PSJ”ga rasmiy taklif yubordi
FOTO: Getty Images

Italiyaning “Milan” klubi PSJ hujumchisi Gonsalu Ramush transferi bo‘yicha Fransiya klubiga rasmiy taklif bilan chiqdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “rossonerilar” 24 yoshli portugaliyalik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini taklif qilgan. Biroq PSJ ushbu taklifni yetarli deb hisoblamayapti va futbolchini faqat majburiy sotib olish sharti bilan qo‘yib yuborishga tayyor.

Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va yaqin kunlarda yangi taklif taqdim etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Gonsalu Ramush 2023-yilning yozida “Benfika”dan PSJ safiga kelib qo‘shilgan. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting