locale OZ

Milan Gabriel Jesusni ijaraga olmoqchi

Joriy mavsumda Gabriel Jesus “Arsenal” safida atigi ikki o‘yinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Milan Gabriel Jesusni ijaraga olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Arsenal” hujumchisi Gabriel Jesus faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 28 yoshli braziliyalik futbolchiga “Milan” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

“Rossoneri” yanvar oyidagi transfer oynasida Jesusni ijara asosida safga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

Joriy mavsumda Gabriel Jesus “Arsenal” safida atigi ikki o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik hujumchining bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting