“Milan” Fofananing narxini belgiladi
Fofana joriy mavsumda hali maydonga tushmagan.
Foto: Getty Images
“Milan” yarim himoyachisi Yussuf Fofanaga Angliya Premyer-ligasining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. 27 yoshli fransiyalik futbolchi “Brayton”, “Kristal Pelas” va “Nottingem Forest” e’tiboriga tushgan. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Hozircha “Milan” Fofana bo‘yicha rasmiy taklif olmagan. Biroq Italiya klubi futbolchi uchun 15–20 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Fofana joriy mavsumda hali maydonga tushmagan. Uning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Yussuf Fofananing bozor qiymatini 23 million yevroga baholamoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist