locale OZ

«Milan» Diazni sotib olishga tayyor

Diazning Manchester City bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
«Milan» Diazni sotib olishga tayyor
ФОТО: Getty images

Milan klubi Manchester City himoyachisi Ruben Diazni markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Foot Mercato xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Milan hozircha 29 yoshli portugaliyalik futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yubormagan va futbolchining o‘zi bilan ham hech qanday kelishuvga erishmagan.

Diazning Manchester City bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Shuningdek, manchesterliklar himoyachini sotish niyatida emasligi haqida avval ham xabarlar tarqalgan.

O‘tgan mavsumda Ruben Manchester City safida barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgani va 4 marta ogohlantirilgani qayd etilgan.

Transfermarkt portali Diazning bozor qiymatini 55 mln yevro deb baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting