locale OZ

\"Milan\" darvozaboni faoliyatini Manchester klubida davom ettirishi mumkin

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
"Milan" darvozaboni faoliyatini Manchester klubida davom ettirishi mumkin
Photo: Getty Images

Kamerunlik darvozabon Andre Onana yozda "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "qizil iblislar" Onana tark etadigan bo'lsa, uning o'rniga "Milan" posboni Mayk Menyanni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimning shaxsan o'zi fransiyalik posbon bilan ishlashni istamoqda.

30 yoshli darvozabonning "Milan" bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. "Manchester Yunayted" Menyan uchun yagona da'vogar emas. Unga "Chelsi" va "Aston Villa" jamoalari tomonidan ham qiziqishlar borligi aytilmoqda. Hozirda uning transfer bahosi 25 million yevroni tashkil etadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting