locale OZ

«Milan» Andoni Iraola bilan aloqaga chiqdi

Avvalroq Massimiliano Allegri «rossonerilar»ni tark etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Milan» Andoni Iraola bilan aloqaga chiqdi
FOTO: Getty Images

«Milan» klubi murabbiy Andoni Iraolaning vakillari bilan bog‘lanib, unga klubda ishlash taklifini bildirdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

25 may kuni Italiya klubi bosh murabbiy Massimiliano Allegri iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi. Shuningdek, bosh direktor Jorjo Furlani va sport direktori Igli Tare ham o‘z lavozimidan ozod etildi.

Iraola shu yozda «Bornmut»ni tark etishini tasdiqlaganidan keyin uning nomi bir qator klublar bilan bog‘lanmoqda. Nomzodlar qatorida Londonning «Kristal Pelas» va Leverkuzenning «Bayer» klublari ham bor.

Iraolaning ajoyib mehnati evaziga «olchalar» o‘z tarixida ilk bor (127 yil ichida) yevrokuboklar yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi va mavsumning so‘nggi 18 ta uchrashuvini mag‘lubiyatsiz yakunlashdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting