«Milan» Akanji transferi uchun 15 million yevro taklif qildi
Фото: Getty Images
"Manchester City" himoyachisi Manuel Akanji faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda insayder Fabrizio Romano.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli shveytsariyalik futbolchi "rossonerilar" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Milanliklar uning transferi uchun 15 million yevro taklif qilgan. Biroq "City" uni qimmatroq narxda sotishni rejalashtirgan.
Akanjining transfer qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Manuel Akanji o'tgan mavsum "shaharliklar" tarkibida Angliya chempionatida 26 o'yin o'tkazib, 3 ta sariq kartochka olgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist