Mikki van de Ven “Manchester Yunayted” va “Liverpul” qiziqish doirasida
Londonning “Tottenxem” klubida to‘p tepayotgan Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Mikki van de Ven Angliya Premer-ligasining ikki top-klubi e’tiboriga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted” va “Liverpul” qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub ham himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida van de Venning transferini ko‘rib chiqmoqda.
Biroq “Tottenxem”ning futbolchi bilan amaldagi shartnomasi jamoaga muzokaralarda kuchli pozitsiyani ta’minlaydi. Shu sababli niderlandiyalik himoyachining ehtimoliy transferi oson kechmasligi va xaridor klubga ancha qimmatga tushishi mumkin.
Mikki van de Ven “Tottenxem” bilan shartnomasini 2031 yilning iyun oyi oxirigacha imzolagan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli himoyachining ayni paytdagi bozor qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.
Van de Ven joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida “Tottenxem” tarkibida 4 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bir marta sariq kartochka oldi.