locale OZ

Mikel Oyarsabal: Lamin bilan birga o‘ynash - bu o‘zgacha narsa

Ispaniyalik futbolchi Lamin Yamal va milliy jamoadagi o'yinlari haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mikel Oyarsabal: Lamin bilan birga o‘ynash - bu o‘zgacha narsa
photo: gettyimages

Ispaniyalik futbolchi Mikel Oyarsabal jamoadoshi Lamin Yamal va milliy jamoadagi o'yinlari haqida fikr bildirdi.

"Agar meni "Barsa" bilan bog‘lashayotgan bo‘lsa, demak, odamlar men ishimni yaxshi bajaryapman deb hisoblashmoqda. Men hozir Jahon chempionatida Ispaniyaga qo‘limdan kelganicha yordam berishga e’tibor qaratganman. Lamin bilan birga o‘ynash - bu o‘zgacha narsa. U shunchaki maydonda borligi bilangina raqib uchun katta tartibsizlik keltirib chiqaradi. Biz Lamin yaratayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz va uning harakatlaridan keraklicha foyda olishimiz kerak.

Lamin o‘zi yaratayotgan effekt qanchalik katta ekanini to‘liq anglab yetmayapti shekilli, tashqaridagi odamlar ham buni to‘liq tushunib yetishyapti deb o‘ylamayman. Laminning 18 yoshida qilayotgan ishlari, shuningdek, 16 yoshida Yevroda ko‘rsatgan o‘yinlari - bu biz barchamiz ehtiyot qilishimiz kerak bo‘lgan narsa. Biz Lamin o‘zini yaxshi va himoyalangan his qilishi uchun harakat qilishimiz lozim",-dedi futbolchi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting