locale OZ

Mikel Arteta Viktor Gyokereshning YChL yarimfinalidagi o‘yiniga yuqori baho berdi

Shvetsiyalik forvard ushbu bosqichda bitta golga mualliflik qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mikel Arteta Viktor Gyokereshning YChL yarimfinalidagi o‘yiniga yuqori baho berdi
FOTO: Getty Images

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta UEFA Chempionlar Ligasi yarimfinalining dastlabki bahsida Madridning «Atletiko» jamoasiga qarshi (1:1) kechgan uchrashuvdan so‘ng, hujumchi Viktor Gyokereshning harakatlari haqida o‘z fikrini bildirdi. Shvetsiyalik forvard ushbu bahsda penalti ishlashga va uni aniq amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

«O‘ylaymanki, u birinchi bo‘limda, ayniqsa biz ustunlik qilgan paytimizda juda yaxshi o‘ynadi. U golli vaziyat yaratdi va penaltidan unumli foydalandi — gol urishda sovuqqonlik namoyish etdi. Ikkinchi bo‘limda vaziyat biroz o‘zgardi, bunda raqibga ham munosib baho berish kerak. Ammo biz ancha yaxshilashimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p. O‘yin ssenariysi o‘zgargach, biz ham moslashishga majbur bo‘ldik. Yakunda o‘yinni ijobiy yakunladik, deb hisoblayman», — deydi Arteta.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 5 may kuni Londonning «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting