locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Mikel Arteta: "Keling shuni Parijda amalga oshiramiz"

Futbol 29 apr 2025 da 18:40
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Mikel Arteta: "Keling shuni Parijda amalga oshiramiz"
Photo: gettyimages

Yevropa chempionlar ligasi yarim final dastlabki uchrashuvining “Arsenal” hamda “PSJ” jamoalari o'rtasidagi qarama-qarshilikdan so'ng, mezbonlar bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlani bildirdi:

“Vaqtimiz bor. Gaplarim ”Real"ni uyda 3:0 hisobida mag'lub qilgan o'yinimizdagi bilan bir xil. Parijga borishimiz va bahsni yutishimiz shart.

15-20 minutdan keyin o'yinimizni o'zgartira oldik. Raqib kichik imkoniyatdan foydalanib ketdi. Agar, chempionlar ligasini yutmoqchi bo'lsang, unda nimadir o'zgacha yurish qilishing kerak. Men birgalikda o'sha ishni bajarmoqchiman. Nimani o'zgartirmoqchi ekanligimni ayta olmayman.

Dastlabki daqiqalar xato bo'ldi. Mahsus vaziyatlarni yarata olmadik. Raqibning yarim himoyachilari ham ortga qaytib o'ynadi. Donnarumma bilan birga-bir vaziyatdan ham foydalana olmadik.

Javob o'yini oldidan imkoniyatlarimizni foizlarda qanday ekanligini bilmayman, lekin shunisi aniqki, finalda o'ynashimiz uchun juda juda ko'p imkoniyatlarga egamiz. Yana qaytaraman, finalda o'ynamoqchimisan unda nimadir o'zgacha ish qilishing kerak. Keling shuni Parijda amalga oshiramiz.

Hakamlarga hech qanday e'tirozim yo'q. Ular hammasini yaxshi boshqarishga harakat qilishdi. “PSJ” kabi jamoalar bilan o'yinda 95 daqiqa ustunlik bilan o'ynay olmaysiz, bu imkonsiz, biroq o'yinni qaysi qismida qanday ustunlik qilishni bilamiz",-deydi mutaxassis

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting