\"Metallurg\" yangi futbolchilar bilan bitim imzoladi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Metallurg" seleksiya ishlarida ham faol.
photo: Metallurg FK
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Metallurg" seleksiya ishlarida ham faol.
Tarkibni shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq, yana bir necha iqtidorli, salohiyatga ega va jamoa oldiga qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida foyda keltira oladigan futbolchilar bilan shartnoma imzolandi.
Jumladan, darvozabonlar Mohir Komilov hamda Dilruh Aliyev, himoyachilar — Doston Abdulhayev, Sardor Sa’dullayev hamda yarim himoyachilar Sherzod Komilov va Javohir Ubaydullayev yangi mavsumda "Metallurg" sharafini himoya qiladi.
"Bu futbolchilar yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va ularga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsiz deymiz.
Ibrohim Jalolov
Redaktor