«Metallurg» tarkibni kuchaytirmoqda
Jamoa Proligada ishtirok etadi.
Фото: Металлург ПФК
Bekobodning “Metallurg” klubi yana qayta tiklanib, 2026 yilgi mavsumni Proligada davom ettiradi.
Sports24.uz xabar berishicha, klub bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov bilan 2028 yil oxirigacha shartnoma imzolangan. Unga Durbek Umaraliyev yordam beradi. Akmal Ortiqov esa darvozabonlar murabbiyi sifatida ish boshlaydi. U ilgari “Metallurg” safida to'p surgan.
Tarkibda katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Azim Ahmedov, Mirzohid G'ofurov va Ibrohim No'monov kabi o'yinchilar bilan shartnoma imzolanadi. Seleksiya ishlari davom etadi va yangi o'yinchilar kelishi kutilmoqda.
“Metallurg” oldiga Superligaga qaytish vazifasi qo'yilgan. Shu maqsadda jamoa tarkibni sifatli o'yinchilar bilan kuchaytirmoqchi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist