«Metallurg» Suhrob Sultonov bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsumda PRO-Ligada chempionlikni maqsad qilgan "Metallurg" tajribali posbon Suhrob Sultonovni o‘z safiga qo‘shib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Sultonov 2013 — 2017-yillar davomida jamoasimiz sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, Suhrob Sultonov 1990-yil 26-mart kuni tug‘ilgan. Bo‘yi - 196 sm. Faoliyati davomida kiper OKMK, "Metallurg", "Dinamo", "NBU-Osiyo", "Bunyodkor", "Lokomotiv" kabi klublarda faoliyat olib borgan.
"Tajribali darvozabon yangi mavsumda jamoamiz g‘alabalariga salmoqli hissa qo‘shishiga ishonib qolamiz va Suhrob Sultonovga omad yor bo‘lishini tilagan holda bekobodliklar safiga xush kelibsan deymiz".
Suhrob Sultonov
Tug‘ilgan sanasi: 26.03.1990
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Bo‘yi: 1.96
Ampluasi: Darvozabon
O‘ynagan jamoalari: OKMK, "Metallurg", "Dinamo", "NBU-Osiyo", "Bunyodkor", "Lokomotiv".