«Metallurg» rahbariyati, bosh murabbiy va shtab vakillari bilan tanishing
Xabaringiz bor, qayta tashkil etilgan "Metallurg" futbol klubi yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Jamoa oldida turgan vazifa aniq — Superligaga chiqish.
Shu bois klub ta’sischisi 2026-yilning 26-yanvar kunidan bosh direktor lavozimiga Mirzayev Ulug‘bek Abdusattarovichni tayinladi. Tajribali mutaxassis bilan uch yillik bitim imzolandi.
Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi sifatida Ilhom Mo‘minjonov bilan 2028-yilning oxiriga qadar mo‘ljallangan shartnoma tuzilgani haqida kuni-kecha O‘zPFL ham e’lon qildi.
Klub sport direktori lavozimida Farzod Zaripov faoliyat olib boradigan bo‘ldi. Bundan tashqari Mo‘minjonovga yana bir qator mutaxassislar yordam beradi.
Durbek Umaraliyev — bosh murabbiy yordamchisi.
Andrey Shumara — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy.
Akmal Ortiqov — darvozabonlar murabbiyi.
Oybek Qilichev — seleksioner murabbiy.
Islombek Rustamov — tahlilchi.
G‘ofurjon Jo‘rayev — shifokor.
Ravshan Begmatov — ma’mur.
Mansur Boynazarov — ma’mur.
Muxtor Mardonov — massajchi.
Abror Rustamov — massajchi.
Jasurbek Umarov — videooperator.
Alisher Toshmatov — xavfsizlik ofitseri.
Omonboy To‘xtamirzayev — media-ofitser.
Shu bilan birga, Jamshid Mirabdullayev klub texnik direktori lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Nozim Esonov esa seleksioner vazifasida ish olib boradi.