«Metallurg» qayta tiklandi. Klub mavsumni Proligada boshlaydi
Ilhom Mo'minjonov esa bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi.
Фото: ЎФА
Bekobodning "Metallurg" futbol klubi faoliyati qayta tiklandi.
Mazkur klubning faoliyati 2024 yilda to'xtatilgan edi. Oradan ikki yil o'tib, "Metallurg" yana Pro Liga ishtirok etadi.
Shu munosabat bilan tadbir tashkil etildi. Unda O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ham ishtirok etib, "Metallurg oldingi mavqeini yana tiklab, milliy terma jamoaga iqtidorli futbolchilarni tayyorlab berishda omad tilayman" — deb samimiy tilak bildirdi.
Shuningdek, klub rahbariyatida muhim tayinlovlar amalga oshirildi: Ulug'bek Mirzayev bosh direktor, Ilhom Mo'minjonov esa bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist