«Metallurg» — PRO-Liganing eng sermahsul jamoasi
O‘zbekiston PRO-Ligasi bahslari qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.
Jamoalar 4 tadan o‘yin o‘tkazib ulgurishdi. Quvonarli jihati, "Metallurg" 3 g‘alaba va 1 durang qayd etib, 10 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra jadvalda yetakchi bo‘lib turibdi.
Bekobod jamoasi nafaqat ochkolar bo‘yicha balki sermahsullik borasida ham eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. Birinchi turda "Yaypan" darvozasini ikki bor ishg‘ol etgan Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari, 2-turda Respublika FAga 1 ta gol urgan bo‘lsa, uchinchi va to‘rtinchi turlarda raqib darvozasiga 3 tadan to‘p kiritdi. Natijada, gollari soni 9 tani tashkil etayotgan jamoamiz haqli ravishda birinchi o‘rinni band etib turibdi. PRO-Liga jadvalida 2 va 3-o‘rinlarda borayotgan "Sho‘rtan" va "Aral" jamoalari bir xil 7 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgan.