locale OZ

Metallurg PFK halol o‘yin tarafdori

O‘FA maxsus inspeksiyasi va O‘zPFL vakillari hamda "Metallurg" professional futbol klubi murabbiy, futbolchi va xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Metallurg PFK halol o‘yin tarafdori
photo: Metallurg FK

O‘FA maxsus inspeksiyasi va O‘zPFL vakillari hamda "Metallurg" professional futbol klubi murabbiy, futbolchi va xodimlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv mobaynida kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashishda futbol jamoatchiligi birgalikda harakat qilishi juda muhim ekanligi, halol futbol orqali o‘sishga erishish mumkinligi ta’kidlandi. Bu kabi ishlarda qatnashgan futbolchi va murabbiylarni jiddiy jazo kutishi tilga olindi.

Uchrashuv davomida "Metallurg" klubi vakillari jamoaning har bir a’zosi halol o‘yin tarafdori ekanligi, qayta tashkil etilgan klub o‘z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo‘ygani va bu yo‘lda katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlab o‘tishdi. Bekobod klubi bu yo‘nalishda ham professional ish olib borishni niyat qilgan. Shu maqsadda jamoa a’zolari va xodimlari ishtirokida mazkur masalalar muhokama qilib chiqilgan. Klub har qanday ko‘rinishda qonun buzilishi, uni chetlab o‘tishga bo‘lgan harakatlarga qarshiligi, pora berish, naqd pul aylanmasiga, umuman istalgan ko‘rinishdagi korrupsion vaziyatlarga keskin qarshi ekanligiga urg‘u berib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Xitoyning "Xinxua" nashri kelishilgan o‘yinlar mojarosi sababli qator klublar jazolanganini ma’lum qilgandi. Jumladan, "Shanxay Shenxua" klubidan 10 ochko olib tashlangani haqida xabar bergandi.

Kuzda esa Qozog‘iston futbolida kelishilgan o‘yinlar, shuningdek, futbolchi va murabbiylarning bukmekerlar faoliyatiga jalb etilishi holatlari aniqlangandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting