locale OZ

«Metallurg» PFK bayram munosabati bilan xotin-qizlarni tabrikladi

Xotin-qizlarga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Metallurg» PFK bayram munosabati bilan xotin-qizlarni tabrikladi
Фото: Металлург ПФК

"Metallurg" futbol klubida, klub akademiyasi va markaziy stadionida, U-19 jamoasi to‘p tepadigan "A.Anoxin" nomidagi stadion xodimlari, oshxona, tibbiyot markazida, sport bazasida mehnat qilib, klub faoliyati rivojiga hissa qo‘shayotgan ayollar bayram bilan tabriklandi.

8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan "Metallurg" PFKda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatilib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.

Tadbir davomida "Metallurg" PFK bosh direktori Ulug‘bek Mirzayev jamoada samarali faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarni samimiy muborakbod etib, ayollarning klub rivojidagi beqiyos o‘rni, shuningdek, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdagi muhim hissasini alohida ta’kidlab, fidokorona xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting