locale OZ

«Metallurg» muxlislarini stadionga chorlamoqda

Bekobod shahridagi “Metallurg” stadionida 10-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Metallurg» muxlislarini stadionga chorlamoqda
Фото: Металлург ПФК

5-aprel kuni PRO-Liga yangi mavsumi start oldi.

Ilk turda “Metallurg” safarda “Yaypan” klubiga qarshi maydonga tushdi. Murosasiz kurashlarga boy bo‘lgan o‘yin jamoamizning g‘alabasi bilan yakunlandi (2:1).

Xabar berganimizdek, uchrashuvda o‘z sevimlilarini qo‘llab-quvvatlash uchun bekobodlik bir guruh muxlislar Qo‘qon shahriga yetib borishdi va “Markaziy” stadionida futbolchilarimizga dalda bo‘lib turishdi.

O‘z navbatida, turli sabablarga ko‘ra Qo‘qonga yetib bora olmagan, ammo “Metallurg” PFKga befarq bo‘lmagan minglab muxlislar o‘yinni onlayn tarzda kuzatib borishdi.

Ha, Bekobodda futbolni yaxshi ko‘rishadi. Shahar jamoasi oldiga mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazib, Superligaga chiqish vazifasi qo‘yilgan. Kecha ana shu yo‘ldagi dastlabki qadam tashlandi. Ta’kidlab o‘tish lozim, o‘yin yakunlangach boshlangan “tabriklar yomg‘iri” hamon davom etmoqda.

“Metallurg” klubi barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiradi va mavsumdagi ilk uy uchrashuvimizda futbolchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun siz aziz ishqibozlarni 10-aprel kuni Respublika FA jamoasiga qarshi o‘yinga taklif qilib qoladi.

Ma’lumot uchun, mazkur uchrashuv Bekobod shahridagi “Metallurg” stadionida 10-aprel, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting