locale OZ

«Metallurg» murabbiylar shtabiga ikki mutaxassis qo‘shildi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Metallurg» murabbiylar shtabiga ikki mutaxassis qo‘shildi
Фото: Металлург ПФК

"Metallurg" tayyorgarlikning dastlabki qismi Bekobodda start oldi.

Jumladan, Mo‘minjonov murabbiylar shtabiga klub uchun begona bo‘lmagan ikki nafar mahalliy murabbiylar Ilyos Qurbonov hamda Zohid Abdullayev qo‘shildi.

Har ikki mutaxassis "Metallurg" muxlislari uchun yaxshi tanish, o‘z vaqtida klub libosida maydonga tushgan sobiq hujumchilar sanaladi.

Professional futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Ilyos Qurbonov 2015-yil Bekobod klubiga qaytgan va turli lavozimlarda faoliyat olib borgan, bir muddat jamoa bosh murabbiyi sifatida ham ishlagan.

Shunday qilib, bungacha "Metallurg" U-19 jamoasida ish olib borgan ikki mutaxassis endilikda Ilhom Mo‘minjonovga bevosita yordam beradigan bo‘ldi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting