«Metallurg» futbolchilari O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga chaqirildi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishni rejalashtirgan.
Vakillarimiz yig‘in doirasida Rossiya va Albaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi belgilangan.
Bosh murabbiy Ravshan Haydarov mazkur uchrashuvlarga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxatini e’lon qildi. Quvonarlisi, bir qator Superliga klublari bilan birgalikda jamoamiz futbolchilari ham termaga taklif qilindi.
Olimpiya terma jamoasiga taklif qilingan futbolchilar va ularning klublariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 12 ta klubdan 24 nafar futbolchi mart oyidagi yig‘inga jalb qilingan. Vakillari soni bo‘yicha Qarshining "Nasaf" klubi yetakchi bo‘lsa (4), "Paxtakor", "Lokomotiv" va "Olimpik Mobiuz" jamoasidan uch nafardan futbolchi chaqirilgan. Qayta tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, "Metallurg" o‘ziga xos bu reytingda 5-pog‘onani egallab turibdi. Iqtidorli futbolchilar Javohir Ubaydullayev hamda Saidumarxon Saidnurullayev olimpiya terma jamoasi safida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonamiz.
Qaysi klubdan necha nafardan futbolchi chaqirilgan:
"Nasaf" — 4
"Paxtakor" — 3
"Lokomotiv" — 3
"Olimpik Mobiuz" — 3
"METALLURG" — 2
"Neftchi" — 2
"So‘g‘diyona" — 2
"Bunyodkor" — 1
"Buxoro" — 1
"Dinamo" Samarqand — 1
"Qizilqum" — 1
"Antverp" Belgiya — 1