«Metallurg» bir qator futbolchilar bilan xayrlashdi
Jamoani 9 nafar futbolchi tark etdi.
Фото: Металлург ПФК
PRO-Ligada mavsumning ikkinchi qismiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan Bekobodning "Metallurg" klubi tarkibni shakllantirish ishlarini ham unutgani yo‘q.
Jumladan, jamoamiz bir qancha futbolchilar bilan do‘stona ruhda xayrlashdi. Birinchi davrada "Metallurg" sharafini himoya qilgan — himoyachilar: Sardor Sa’dullayev, Asiljon Begimqulov, Usmonali Abdukarimov, yarim himoyachilar: Ibrohim No‘monov, Doniyor Narzullayev, Javohir Ubaydullayev, Komil Tojidinov, Armin Boshnyak va hujumchi Mo‘minjon Meliyev jamoamiz safini tark etdi.
"Metallurg" PFK bu futbolchilarga keyingi faoliyatida omad yor bo‘lishini tilab qoladi”, - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist