locale OZ

«Metallurg» a’zolari IFAB o‘yin qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar bilan tanishtirildi

Yangi qoidalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.
«Metallurg» a’zolari IFAB o‘yin qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar bilan tanishtirildi
Фото: Металлург ПФК

PRO-Ligada mavsumning ikkinchi qismiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan "Metallurg" klubi a’zolari IFAB — Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi o‘yin qoidalariga kiritilgan o‘zgarishlar bilan tanishtirib o‘tildi.

Mazkur uchrashuv davomida tashkilot vakillari amaliyotga joriy etilgan o‘zgartirishlar, yangi qoidalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishdi.

Jumladan, shu kunlarda AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida davom etayotgan mundialda guvohi bo‘layotganimiz to‘pni erkin zarba bilan va yon chiziqdan o‘yinga kiritishda uchrashuv vaqtini sun’iy ravishda cho‘zilishining oldini olish uchun teskari sanoq uslubidan foydalanish, futbolchi o‘zini yomon his qilib, shifokorlar yordamiga murojaat qilinganida unga maydonda yoki uning tashqarisida yordam ko‘rsatilishi tartibi, o‘yinchi almashtirish uchun ajratilgan vaqt nazorati, tartib-intizom sanksiyalari haqida so‘z yuritildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting