locale OZ

Messining xet-trigi bekor qilinishi mumkin

Jazoir FIFAga shikoyat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messining xet-trigi bekor qilinishi mumkin
FOTO: Getty Images

Argentina va Jazoir o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mundial atrofida yangi mojaro yuzaga keldi. Xabarlarga ko‘ra, Jazoir tomoni FIFA’ga rasmiy shikoyat bilan murojaat qilgan.

Jazoir vakillari uchrashuvning 32-daqiqasidagi bahsli epizodga e’tibor qaratmoqda. Ularning fikricha, Lionel Messi o‘sha vaziyatda qoida buzgan va hakam argentinalik yulduzga qizil kartochka ko‘rsatishi kerak edi.

Ammo hakam Messiga nisbatan hech qanday intizomiy chora qo‘llamadi va u uchrashuvni davom ettirib, keyinchalik xet-trik qayd etdi. Aynan shu holat Jazoir tomonining noroziligiga sabab bo‘ldi.

Hozircha FIFA bu masala bo‘yicha hech qanday rasmiy qaror e’lon qilmagan. Shikoyat ko‘rib chiqilgan taqdirda ham, o‘yin natijasi yoki Messining xet-trigi bekor qilinishi ehtimoli juda past baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting