locale OZ

Messining xayrlashuv uchrashuvi oldidan Benin delegatsiyasi sharoitlardan norozi bo‘ldi

Benin delegatsiyasi Buenos-Ayresga iqtisod klassidagi tijoriy reyslarda qariyb 25 soat davomida yetib kelgan va uzoq safar vaqtida jamoaning video-tahlilchisi o‘zini yomon his qilib, hushidan ketgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messining xayrlashuv uchrashuvi oldidan Benin delegatsiyasi sharoitlardan norozi bo‘ldi
Foto: Getty Images

Argentina terma jamoasi Lionel Messining milliy jamoadagi so‘nggi uchrashuvini Beninga qarshi o‘tkazishga tayyorlanmoqda. Biroq bahs oldidan mehmon jamoa safar va yashash sharoitlari bo‘yicha tashkilotchilarga e’tiroz bildirgan. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Benin delegatsiyasi Buenos-Ayresga iqtisod klassidagi tijoriy reyslarda qariyb 25 soat davomida yetib kelgan va uzoq safar vaqtida jamoaning video-tahlilchisi o‘zini yomon his qilib, hushidan ketgan. Mehmonlar joylashtirilgan mehmonxonada bir qavatda issiq suv bo‘lmagani, sport zali yetarlicha jihozlanmagani va sauna ishlamagani ham e’tirozlarga sabab bo‘lgan.

Benin tomoni shikoyat bildirganidan keyin ayrim tashkiliy kamchiliklar bartaraf etilgani ma’lum qilingan. Mega Sports Media keyinchalik issiq suv bilan bog‘liq muammo hal etilgani va jamoa uchun zarur sharoitlar yaxshilangani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, Argentinaning avvalgi raqibi Burkina-Faso bilan o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan ham safar sharoitlari bo‘yicha muammolar yuzaga kelgani qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida hozirgacha 207 ta uchrashuvda 125 ta gol urgan. U milliy jamoa bilan 2022-yilgi Jahon chempionati, 2021 va 2024-yillardagi Amerika Kubogi hamda 2022-yilgi Finalissima g‘olibiga aylangan. Beninga qarshi uchrashuv Messining Argentina safidagi 208-va so‘nggi o‘yini bo‘lishi kutilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting