locale OZ

Messining nomi «Inter Mayami» stadionida abadiylashtiriladi

Arenadagi sharqiy tribuna argentinalik yulduz sharafiga nomlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messining nomi «Inter Mayami» stadionida abadiylashtiriladi
FOTO: Getty Images

MLSning «Inter Mayami» klubi jamoaning yangi stadionidagi sharqiy tribuna hujumchi Lionel Messi sharafiga nomlanishini e’lon qildi.

Bu jahon futboli tarixida amaldagi futbolchining o‘zi to‘p surayotgan stadionda uning nomi bilan atalgan tribuna mavjud bo‘lgan birinchi holat bo‘ladi. «Inter Mayami»ning yangi arenasining ochilishi 4 aprel kuniga rejalashtirilgan.

Lionel Messi 2023 yildan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Uning kelishi bilan «Inter Mayami» o‘z tarixidagi dastlabki to‘rtta titulni qo‘lga kiritdi: o‘tgan mavsumda MLS Kubogi, 2024 yilda muntazam chempionat g‘olibligi, 2025 yilda MLS Sharqiy konferensiyasi g‘olibligi va 2023 yilda Ligalar Kubogi.

Joriy mavsumda argentinalik yulduz barcha turnirlar doirasida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting