Messining Hindistondagi 21 metrli haykali demontaj qilindi
Bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab boʻlgan.
FOTO: Getty Images
Hindistonning Kalkutta shahrida argentinalik afsonaviy futbolchi Lionel Messi sharafiga oʻrnatilgan 21 metrli ulkan haykal demontaj qilindi.
Qayd etilishicha, soʻnggi paytlarda kuzatilgan kuchli bo‘ronlar oqibatida monument konstruksiyasi shikastlangan va beqaror, xavfli holatga kelib qolgan. Shu sababli xavfsizlik nuqtai nazaridan u qismlarga ajratib olingan.
Mazkur mahobatli haykal keyinchalik qayta tiklanishi yoki boshqa joyga koʻchirilishi borasida hozircha aniq maʼlumotlar mavjud emas.
Nasrullo Karimov
Jurnalist