Messining faoliyatidagi gollari soni 923 taga yetdi
Hozirda ikki futbolchi o‘rtasida urilgan gollar bo‘yicha farq 54 tani tashkil etmoqda.
ФОТО: Getty images
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi professional faoliyatidagi 923-golini urdi.
Gap shundaki, 39 yoshli argentinalik yulduz MLS doirasida «Toronto»ga qarshi kechgan uchrashuvda gol muallifi bo‘ldi. Leo gol urganiqa qaramay, «Inter Mayami» o‘z maydonidagi bellashuvda raqibiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Manbada keltirilgan statistikaga ko‘ra, Messi faoliyati davomida 1170 ta uchrashuv o‘tkazib, 923 ta gol urgan va 420 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Uning azaliy raqobatchisi, «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobida esa 1331 ta uchrashuvda 977 ta gol va 261 ta golli uzatma bor.
Hozirda ikki futbolchi o‘rtasida urilgan gollar bo‘yicha farq 54 tani tashkil etmoqda.