locale OZ

Messining faoliyatidagi gollari soni 922 taga yetdi

Messi "Inter Mayami" safida 109 ta uchrashuvda 91 ta gol urgani bilan ajralib turibdi.
Messining faoliyatidagi gollari soni 922 taga yetdi
ФОТО: Getty images

"Inter Mayami" MLS muntazam chempionati doirasida "Filadelfiya"ga qarshi bahsda durang qayd etdi.

Bellashuvning 26-daqiqasida argentinalik hujumchi Lionel Messi Ian Freyning uzatmasidan so‘ng gol urdi. Natijada, 39 yoshli argentinalik uchun bu professional faoliyatidagi 922-gol bo‘ldi. Messi klublar safida 795 ta, terma jamoa miqyosida esa 125 ta gol urgani qayd etildi. Bu natijaga erishish uchun unga 1191 ta o‘yin kerak bo‘lgan.

Messi "Inter Mayami" safida 109 ta uchrashuvda 91 ta gol urgan. U "PSJ"da 75 ta o‘yinda 32 ta, "Barselona"da esa 778 ta uchrashuvda 672 ta gol muallifi bo‘lgan. Argentina terma jamoasi safida esa 207 ta o‘yin o‘tkazgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting