Messining bozordagi narxi yana pastladi
Transfermarkt portali futbolchilarning yangilangan narxlarini eʼlon qildi.
FOTO: Getty Images
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messining bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan yangilangan reytingda 3 mln yevroga kamaydi. 38 yoshli argentinalik futbolchi hozirda 15 mln yevro deb baholanmoqda.
Messining faoliyatidagi eng yuqori bozor qiymati 2018 yilda, «Barselona» safida o‘ynagan paytida qayd etilgan. Oʻshanda u 180 mln yevroni tashkil etgan.
Messi «Inter Mayami»ga 2023 yilning yozida qo‘shilgan. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda 88 ta o‘yinda qatnashib, 77 ta gol urdi va 44 ta golli uzatma berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil oxirigacha mo‘ljallangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Messi «Inter Mayami» bilan MLS kubogini qo‘lga kiritgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist