locale OZ

Messini ko'ramizmi? O'zbekiston terma jamoasi Argentinaga qarshi o'ynashi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Kuzda O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi. Ushbu jarayon doirasida jamoamiz bir qator yetakchi terma jamoalar bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirgan.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, ehtimoliy raqiblardan biri — Argentina terma jamoasi. Hozircha to'liq kelishuvga erishilmagan, biroq muzokaralar davom etmoqda.

Ta'kidlash joizki, terma jamoamiz 2026 yil yozidagi jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida FIFA kunlaridan foydalanib, kuchli raqiblarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirmoqda. Bu musobaqa O'zbekiston tarixidagi birinchi jahon chempionati bo'ladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting