locale OZ

Messiga Mayami shahri kaliti topshirildi

Argentinalik hujumchi 2023 yilning yozida buyon «Inter Mayami»da toʻp surmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messiga Mayami shahri kaliti topshirildi
FOTO: Getty Images

Mayami shahri meri Fransis Suares afsonaviy argentinalik futbolchi Lionel Messiga shaharning ramziy kalitini topshirdi.

«Bu kalitni sizga topshirishimizning sababi — siz bizning buyuk shahrimiz, mamlakatimiz va butun futbol olami uchun qilgan ulkan hissangizdir. Rahmat sizga», — dedi Suares.

Eslatib oʻtamiz, Lionel Messi 2023 yilning iyul oyidan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda. U klub tarkibida 84 ta oʻyinda maydonga tushib, 74 ta gol urgan va 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shuningdek, Messi faoliyati davomida 8 ta «Oltin toʻp» sohibi boʻlgan, Jahon chempionligi va 4 marta Chempionlar ligasi gʻolibigini qoʻlga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting