locale OZ

Messi yashirincha «Barselona» stadioniga bordi

Safar jurnalistlar va muxlislardan sir tutilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi yashirincha “Barselona” stadioniga bordi
ФОТО: Getty images

Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi yulduzi Lionel Messi sobiq jamoasi “Barselona”ning yangilangan arenasi bo‘ldi.

Klub afsonasi “Kamp Nou” stadionida tun qorong‘isida, bo‘sh tribunalar oldida olingan bir qator suratlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, safar jurnalistlar va muxlislardan sir tutilgan.

“Kecha butun vujudim bilan sog‘ingan joyimga qaytdim. Bu men uchun nihoyatda baxtli bo‘lgan joy, yigitlar, sizlar meni dunyodagi eng baxtli inson deb his qilishga majbur qilgansizlar. Umid qilaman, bir kun kelib yana qaytaman va nafaqat futbolchi sifatida, balki o‘zim bilan xayrlashish uchun ham...”, – deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2003–2021 yillarda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan va klubning tirik afsonasiga aylangan. U 10 marta Ispaniya chempionligini, 4 marta Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting