locale OZ

Messi yana “Barselona” libosida maydonga tushishi mumkin — lekin atigi 45 daqiqaga

Rejaga ko‘ra, “Barselona” Joan Gamper kubogida “Inter Mayami” bilan uchrashadi va Messi bahsning bir bo‘limini sobiq jamoasi safida o‘tkazishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi yana “Barselona” libosida maydonga tushishi mumkin — lekin atigi 45 daqiqaga
Foto: Getty Images

Lionel Messi yana “Barselona” libosida maydonga tushishi mumkin. Kataloniya klubi argentinalik futbolchi sharafiga “Kamp Nou”da maxsus xayrlashuv uchrashuvi tashkil etishni rejalashtirmoqda. Rejaga ko‘ra, “Barselona” Joan Gamper kubogida “Inter Mayami” bilan uchrashadi va Messi bahsning bir bo‘limini sobiq jamoasi safida o‘tkazishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, uchrashuv 2028-yilda tashkil etilishi rejalashtirilgan, biroq “Kamp Nou”dagi rekonstruksiya ishlari ertaroq yakunlansa, tadbir 2027-yildayoq o‘tkazilishi mumkin. Messi birinchi 45 daqiqani “Barselona”, ikkinchi bo‘limni esa “Inter Mayami” safida o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.

“Inter Mayami” hammuallifi Devid Bekxem ham klubning ushbu uchrashuvda ishtirok etishiga rozilik bildirgani aytilmoqda. Avvalroq “Barselona” prezidenti Joan Laporta klub Messi uchun rekonstruksiya ishlari yakunlangan “Kamp Nou”da, qariyb 105 ming muxlis qarshisida munosib xayrlashuv marosimi o‘tkazishni istayotganini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Messi 2003–2021-yillar davomida “Barselona” tizimida faoliyat olib bordi. U asosiy jamoa safida 778 ta uchrashuvda 672 ta gol urib, klub bilan 35 ta sovrin qo‘lga kiritgan. Argentinalik futbolchi “Barselona” tarixida ham o‘yinlar, ham gollar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting