locale OZ

Messi xalqaro o'yinlarda golli uzatma bo'yicha jahon rekordini yangiladi

Lionel Donovan va Neymarni ortda qoldirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi xalqaro o'yinlarda golli uzatma bo'yicha jahon rekordini yangiladi
ФОТО: Getty images

Argentina terma jamoasining 38 yoshli hujumchisi Lionel Messi xalqaro o'yinlarda golli uzatma bo'yicha yangi jahon rekordini o'rnatdi.

Puerto-Rikoga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (6:0) Messi ikkita golli pas berib, Argentina terma jamoasidagi assistlar sonini 60 taga yetkazdi.

Natijada, Messi o'z terma jamoalari uchun 58 tadan golli uzatmaga ega bo'lgan amerikalik Landon Donovan va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarni ortda qoldirdi (ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Neymar hisobida 58 emas, 59 ta assist bor).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting