locale OZ

Messi va Suaresning dublari «Inter Mayami»ga «Di-Si Yunayted» ustidan yirik hisobdagi g‘alabani olib keldi

«Inter Mayami» MLSdagi besh o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga barham berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi va Suaresning dublari «Inter Mayami»ga «Di-Si Yunayted» ustidan yirik hisobdagi g‘alabani olib keldi
Фото: Getty Images

«Inter Mayami» va «Di-Si Yunayted» o‘rtasidagi MLS uchrashuvi yakunlandi. Bahs Fort-Loderdeylda mayamiliklarning uy stadionida bo‘lib o‘tdi va mezbonlarning 4:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Gollarga urugvaylik forvard Luis Suares va argentinalik hujumchi Lionel Messi mualliflik qilishdi.

Shu tariqa, «Inter Mayami» MLSdagi besh o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga barham berdi.

Ma’lumot uchun, MLSning navbatdagi turida «Inter Mayami» «Nyu-York Siti» bilan, «Di-Si Yunayted» esa «Nyu-York Red Bullz» jamoasi bilan ro‘baro‘ keladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting