Messi va Suares to'liq o'ynagan o'yinda “Inter Mayami” mag'lubiyatga uchradi
FOTO: Getty Images
KONKAKAF Chempionlar Kubogi chorak finalidan o'rin olgan dastlabki uchrashuvda “Inter Mayami” “Los-Anjelos” mehmoni bo'ldi va minimal hisobda mag'lubiyatga uchradi.
Bellashuvda hisob 57-daqiqada Natan Ordaz tomonidan ochildi va o'yin yakuniga qadar yagonaligini saqlab qoldi.
Ta'kidlash joiz, “Inter Mayami” safida Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets va Jordi Alba to'liq harakat qildi.
Ma'lumot uchun, KONKAKAF Chempionlar Kubogi 1/4 finalining javob o'yini 10-aprel kuni Floridada bo'lib o'tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist