locale OZ

Messi va Suares “Dallas”ga qarshi o‘ynamaydi

Futbol
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Messi va Suares “Dallas”ga qarshi o‘ynamaydi
Photo: Getty Images

“Inter Mayami” bosh murabbiyi Xavyer Maskerano jamoaning ikki nafar yetakchi futbolchilari Lionel Messi va Luis Suaresning “Dallas”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligini ma'lum qildi.

“Albatta, jamoada o‘zgarishlar bo‘ladi, ko‘p futbolchilarda charchoq alomatlari bor. Tiklanish uchun vaqt kerak. Chunki asosiy e’tiborni keyingi o‘yinga qaratishimiz va mag‘lubiyatdan keyin tiklanib olishimiz muhim deb hisoblayman.

Messiga kelsak, u “Vankuver”ga qarshi o‘yin oxirida yaxshi o‘ynadi. Unda charchoq alomatlari bor. Chunki sun’iy qoplamali maydonda o‘ynash har qanday futbolchiga ta’sir qiladi”, - dedi Maskerano Goal.com’ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” MLS umumiy turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. Sharqiy konferensiya turnir jadvalida esa 5-o‘rinni egallab turibdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting