locale OZ

Messi va Olise JCh-2026'da tarixiy rekord o‘rnatdi

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, har ikki futbolchi mundial davomida 15 tadan himoya chizig‘ini yorib o‘tuvchi (line-breaking) uzatma amalga oshirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi va Olise JCh-2026'da tarixiy rekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images

JCh-2026 davomida Lionel Messi va Maykl Olise hujumni tashkil etish borasida tengsiz natija qayd etdi.

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, har ikki futbolchi mundial davomida 15 tadan himoya chizig‘ini yorib o‘tuvchi (line-breaking) uzatma amalga oshirdi. Bu esa ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 1966-yildan buyon to‘planayotgan statistikalar tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.

39 yoshli Messi Argentina terma jamoasini ketma-ket ikkinchi bor Jahon chempionati finaliga olib chiqishda muhim rol o‘ynadi. U Angliyaga qarshi yarim final bahsida ikkita golli uzatma amalga oshirib, jamoasining kambek g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.

Fransiya safida to‘p surgan Maykl Olise ham musobaqa davomida o‘zining aniq va keskir uzatmalari bilan ajralib turdi. Natijada u ushbu statistik ko‘rsatkich bo‘yicha Messi bilan birga rekord egasiga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting