locale OZ

Messi va Mbappe Jahon chempionatlari tarixidagi to‘purarlar reytingida 2-o‘rinni bo‘lishib turibdi

Ushbu jadval penaltisiz urilgan gollar boʻyicha tuzilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi va Mbappe Jahon chempionatlari tarixidagi to‘purarlar reytingida 2-o‘rinni bo‘lishib turibdi
FOTO: Getty Images

Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi hamda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe penaltilar hisobga olinmagan holda Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Har ikki futbolchi mundiallarda penaltisiz 14 tadan gol urgan. Xuddi shunday ko‘rsatkich braziliyalik afsona Ronaldo hisobida ham mavjud.

Ushbu reytingda yetakchilikni Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Kloze saqlab turibdi. Uning hisobida penaltilarsiz 16 ta gol bor.

JCh tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar — penaltilarsiz:

  1. Miroslav Kloze — 16 gol
  2. Lionel Messi — 14 gol
  3. Ronaldo — 14 gol
  4. Kilian Mbappe — 14 gol
  5. Gerd Myuller — 13 gol
  6. Jyust Fonten — 13 gol
  7. Pele — 12 gol

Eslatib oʻtamiz, Messi avvalroq umumiy gollar soni bo‘yicha Klozeni ortda qoldirib, Jahon chempionatlaridagi gollari sonini 18 taga yetkazgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting