Messi va De Paul Argentinaga qaytmadi
Argentina terma jamoasi futbolchilari Lionel Messi va Rodrigo De Paul 2026 yilgi jahon chempionati finalidan so‘ng jamoa bilan birga vatanga qaytmadi. Bu haqida OneFootball xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, har ikki futbolchi AQSHning "Inter Mayami" klubida to‘p surayotganligi sababli ta’tilni aynan shu mamlakatda boshlashga qaror qilgan. Shu bois ular Argentinaga uchgan delegatsiya tarkibiga kiritilmagan.
Qayd etilishicha, terma jamoaning faqat bir qismi maxsus charter reysi orqali Buenos-Ayresga yo‘l olgan. Shuningdek, mamlakat poytaxtida jahon chempionatining kumush medali sohiblarini ommaviy tarzda kutib olish yoki ular sharafiga tantanali tadbir o‘tkazish rejalashtirilmagan.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati finalida Argentina qo‘shimcha bo‘limlarda Ispaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shu tariqa Ispaniya o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.