Messi: «Umid qilamanki, JCh-2026da ham ishtirok etaman»
Argentinalik futbolchi navbatdagi mundial haqida fikr bildirdi.
FOTO: Getty Images
Argentina milliy jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatida ishtirok etish masalasiga o‘z munosabatini bildirdi.
«Umid qilamanki, u yerda bo‘laman. Men allaqachon aytganman — o‘sha turnirda qatnashishni xohlayman. Eng yomon holatda ham uni stadionda jonli tomosha qilaman, lekin bu baribir juda o‘ziga xos bo‘ladi. Jahon chempionati — har bir mamlakat, har bir futbolchi uchun noyob voqea, ayniqsa biz uchun, chunki biz uni boshqacha tarzda his qilamiz», — dedi Messi ESPN’ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika hududlarida o‘tkaziladi. Argentina terma jamoasi turnirga amaldagi chempion sifatida tashrif buyuradi.