Messi: «To‘g‘risi, oʻzimni murabbiy sifatida tasavvur qilmayman»
Argentinalik yulduz faoliyatini yakunlaganidan soʻng nima bilan mashgʻul boʻlishini aytdi.
FOTO: Getty Images
Lionel Messi futbolchilik faoliyatini tugatgach, murabbiy bo‘lishni rejalashtirmayapti.
Argentina terma jamoasi va «Inter Mayami» hujumchisining aytishicha, u o‘zini ko‘proq boshqaruv yoki klub egasi sifatida ko‘radi.
Messi shunday dedi:
«To‘g‘risi, o‘zimni murabbiy sifatida tasavvur qilmayman. Menga klubni boshqarish g‘oyasi yoqadi. Agar tanlashga to‘g‘ri kelsa, men klub egasi bo‘lishni xohlar edim. Noldan klub qurish, yosh futbolchilarga imkon berish va ularning rivojlanishiga yordam berish — aynan shu narsa meni ko‘proq qiziqtiradi».
Eslatib o‘tamiz, Messi avvalroq «Barselona» va PSJ safida ham to‘p surgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist