locale OZ

Messi terma jamoadagi kelajagi bo‘yicha hali qaror qabul qilmagan

Futbolchi termadagi faoliyati borasida o‘ylanmoqda.
Messi terma jamoadagi kelajagi bo‘yicha hali qaror qabul qilmagan
Фото: Getty Images

Argentina terma jamoasi sardori va hujumchisi Lionel Messi milliy jamoadagi kelajagi bo‘yicha hozircha yakuniy qarorga kelmagan. Bu haqda TyC Sports xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 39 yoshli futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatiga terma jamoadagi faoliyatini yakunlash haqida tayyor qaror bilan bormagan. Shuningdek, u yaqinlariga ham ushbu mundialdan keyin milliy jamoa bilan xayrlashishini aytmagan.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2026 yilgi jahon chempionatida yana bir qator tarixiy natijalarni qayd etdi. U jahon chempionatlari tarixida 20 gollik marradan oshgan ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, musobaqaning eng yaxshi assistenti bo‘ldi va jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi sifatida yangi rekord o‘rnatdi.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionati g‘olibligini Ispaniya terma jamoasi qo‘lga kiritdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting