locale OZ

Messi Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin — manba

U MLS saviyasidan norozi bo‘lgan
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi Saudiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin — manba
Photo: Getty Images

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi Saudiya Arabistoni Davlat Investitsiya jamg‘armasi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Jurnalist Sasha Tavoleri xabar berishicha, Messi MLSni tark etishi mumkin. U liga saviyasidan norozi va Florida klubi bilan muzokaralarni davom ettirgani yo‘q.

Futbolchi o‘zi istagan taklif bo‘lsa, Saudiya tomon yo‘l olishi mumkin. Ungacha unga “Al-Hilol” va “Al-Ittihod” jamoalari tomonidan takliflar kelib tushgandi. Biroq u MLSga yo‘l olishni afzal bilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Messining “Inter Mayami” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting