Messi safga qaytdi: «Inter Mayami» MLSning yangi mavsumini asosiy yulduzi bilan boshlaydi
Florida klubi MLSning amaldagi gʻolibi hisoblanadi.
FOTO: Getty Images
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi mushaklaridagi jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi va MLSning 1-turidan o‘rin olgan «Los-Anjeles»ga qarshi bahsda maydonga tushishga tayyor. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Amaldagi jahon chempionining chap tizza osti paylaridagi muammolar sabab mavsumning ochilish o‘yinida ishtirok etishi so‘roq ostida turgan edi. Hatto Messi o‘ynay olmasligi ma’lum bo‘lgach, jamoa Puerto-Rikoning «Independente» klubiga qarshi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qilishga majbur bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, «Inter Mayami» MLSning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. O‘tgan mavsum finalida Florida shtati vakillari «Vankuver Uaytkeps» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist