Messi Ronalduni quvishda davom etmoqda: argentinalik gol urdi, Krishtianu esa zaxirada qoldi
Lionel Messi MLSning navbatdagi turida “Inter Mayami” safida “Kolambus Kryu”ga qarshi bahsda jarima zarbasidan gol urdi. Biroq “Inter Mayami” uchrashuvda 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bu Messi uchun professional faoliyatidagi 931-gol bo‘ldi. Argentinalik hujumchi ushbu natijaga 1177 ta uchrashuvda erishgan. Shu tariqa, u Krishtianu Ronaldu bilan gol urish bo‘yicha farqni 48 tagacha qisqartirdi. Ronaldu hisobida esa 979 ta gol bor.
Ayni paytda Ronaldu Portugaliya terma jamoasining Norvegiyaga qarshi uchrashuvida zaxirada qoldi va maydonga tushmadi. Portugaliya mazkur bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ma’lumot uchun, Messi 2023-yildan buyon “Inter Mayami” safida to‘p tepmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil oxirigacha mo‘ljallangan.