locale OZ

Messi «Orlando City»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Messi «Orlando City»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi
Photo: Getty Images

“Inter Mayami” bosh murabbiyi Xaver Maskerano jamoa sardori Lionel Messining MLS doirasidagi “Orlando City”ga qarshi o‘yinda qatnashmasligini aytdi.

“Leo ertaga o‘ynamaydi. Uning ahvoli yaxshi, ammo oldinda hali ko‘p o‘yinlar borligini hisobga olsak, uni Orlandoga olib borib, tavakkal qilish — aqlsizlik bo‘lardi.

Biroq biz optimistmiz. Tez orada u safga qaytadi”, — dedi “Inter Mayami” bosh murabbiyi.

Eslatib o‘tamiz, Messi Ligalar kubogi doirasidagi “Nekaxa”ga qarshi bahsda jarohati sabab 11-daqiqada zaxiraga olingandi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting